G‘arb maxsus kuchlari sobiq a’zolari Rossiyalik harbiylarni tayyorlagan bo‘lishi mumkin

G‘arb maxsus kuchlari sobiq a’zolari Rossiyalik harbiylarni tayyorlagan bo‘lishi mumkin



The Telegraph xabar berishicha, Britaniyaning SAS, Avstraliya maxsus kuchlari, AQShning SEAL bo‘linmalari va maxsus polisiya bo‘linmalari sobiq xodimlari Yevropadagi xususiy harbiy tayyorgarlik bazalarida Rossiyaliklarni o‘qitgan bo‘lishi mumkin.

Nashr bu ma’lumotni Five Eyes alyansi razvedka va maxsus xizmatlari uchun tayyorlangan hisobotga tayangan holda keltirgan. Sobiq avstraliyalik maxsus kuchlar vakillari Bolgariya va Serbiyadagi lagerlarda shunday ish taklif qilinganini bildirgan.
Xususan, Bolgariyadagi Alfa-Metal markazida Rossiyaliklarga, hatto Ukraina urushi boshlanganidan keyin ham, yaqin masofada jangovar harakat olib borish bo‘yicha ilg‘or tayyorgarlik berilgan bo‘lishi mumkin.
Hisobotda Alfa-Metal Sankt-Peterburgdagi «Alfa Region» xususiy qo‘riqlash tashkiloti bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilgan. Markaz esa Rossiya bilan har qanday aloqasi borligini inkor qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!