G‘arb davlatlari Rossiya neft mahsulotlariga ikki xil narx chegarasini joriy etadi

G‘arb davlatlari Rossiya neft mahsulotlariga ikki xil narx chegarasini joriy etadi

G7 mamlakatlari, Yevropa Ittifoqi va Avstraliya Rossiya neft mahsulotlari uchun ikkita narx chegarasi haqida kelishib oldilar. Bu haqda AQSh moliya vazirligi xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi narx chegarasi odatda yuqori narxda sotiladigan neft mahsulotlariga, ikkinchisi esa chegirma bilan sotiladigan mahsulotlarga nisbatan qo‘llaniladi. Bundan tashqari, G‘arb davlatlari 2023 yilning mart oyida dengiz orqali yetkazib beriladigan Rossiya neftining o‘zi uchun ham narx chegarasini qayta ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

Narxlarni cheklash bo‘yicha koalisiyaga a’zo mamlakatlar moliya vazirlari o‘rinbosarlarining virtual yig‘ilishi chog‘ida neft mahsulotlariga narxlarning maksimal chegaralari bo‘yicha qaror qabul qilindi. AQSh Moliya vazirligi matbuot bayonotida aytilishicha, yig‘ilish a’zolari narxlarning yuqori chegarasi o‘z maqsadlariga erishayotganini, ya’ni Rossiyaning eksport daromadlarini cheklash va global energiya ta’minotini barqarorlashtirishni tasdiqlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!