G‘alaba paradi ishtirokchilarida COVID-19 bilan kasallanish kuzatilmadi

G‘alaba paradi ishtirokchilarida COVID-19 bilan kasallanish kuzatilmadi

Rossiyada Ulug‘ Vatan urushining 75 yilligiga bag‘ishlangan G‘alaba paradida ishtirok etgan harbiylarning hech birida koronavirus bilan kasallanish qayd etilmadi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i Dmitriy Trishkinning so‘zlariga ko‘ra, bunday natijaga o‘z vaqtida qabul qilingan samarali xavfsizlik choralari tufayli erishilgan.

"G‘alaba paradining oxirida ularning barchasi sog‘-salomat o‘zlarining doimiy joylashish joylariga qaytib kelishdi va ikki haftalik kuzatuv hamda laboratoriya tekshiruvidan o‘tishdi", dedi Trishkin.

U har bir paraddan o‘tuvchi guruhga tibbiyot xodimlari biriktirilgani va ular ishtirokchilarning sog‘lig‘ini nazorat qilib borishganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 24 iyun kuni Rossiyada G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan parad bo‘lib o‘tdi. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!