Gagauz muxtoriyati rahbari Kishinyovni gaz narxi bo‘yicha Moskva bilan muzokara olib borishga chaqirdi

Gagauz muxtoriyati rahbari Kishinyovni gaz narxi bo‘yicha Moskva bilan muzokara olib borishga chaqirdi

Gagauz muxtoriyati rahbari Irina Vlax Kishinyovni gaz narxi bo‘yicha Moskva bilan muzokara olib borishga chaqirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, energetika sohasidagi muammolarni hal qilish va Moldova tushib qolgan og‘ir iqtisodiy vaziyatdan chiqish uchun Rossiya bilan muzokaralarga prezident ham, bosh vazir ham qo‘shilishi kerak.

Avvalroq Moldova hukumati Rossiya gazi iste’molini kamaytirish rejasini ishlab chiqayotganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, ular aholini o‘tin bilan ta’minlashga va’da berishdi (garchi arzonroq bo‘lishiga kafolat bermadilar).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!