G7 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Tolibonning yangi taqiqiga munosabat bildirdi

G7 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Tolibonning  yangi taqiqiga munosabat bildirdi

Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSh va Yevropa Ittifoqi vakillari ayollar huquqlariga qo‘yilgan har qanday cheklovlarni, jumladan, yaqinda joriy etilgan uydan tashqarida yuzini yopish majburiyatini qoraladi. Bu mamlakatlar afg‘on ayollarining jamiyat hayotida erkaklar bilan to‘liq va teng ravishda ishtirok etish imkoniyati shu tarzda bostiriladi, deb hisoblaydi.

G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlari Tolibonni afg‘onlar va jahon hamjamiyatiga bergan va’dalariga zudlik bilan qaytishga va har qanday cheklovlarni bekor qilishga chaqirdi, shuningdek bunday qadamlar dunyoda Tolibonning yakkalanishini kuchaytirishini eslatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!