G20 yetakchilari birgalikda vaksina ishlab chiqaradi

G20 yetakchilari birgalikda vaksina ishlab chiqaradi

“Katta yigirmatalik” mamlakatlari yetakchilari “kelgusi pandemiya”larning oldini olish uchun rivojlanayotgan mamlakatlar bilan birgalikda vaksina yaratish va ishlab chiqarishni yaxshi taklif ekanini tasdiqlashdi, deyiladi chorshanba kuni Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tgan G20 sammitida qabul qilingan qo‘shma kommyunikeda.

Bali sammiti ishtirokchilari global immunizasiyalash bo‘yicha Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

"Biz COVID-19 ga qarshi keng qamrovli immunizasiyani umumiy global farovonlik yo‘lidagi maqsad ekanini tan olamiz va xavfsiz, arzon, sifatli hamda samarali vaksinalar, davolash va diagnostika xizmatlariga o‘z vaqtida, barcha teng ta’minlanishi yo‘lidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz", – deyiladi kommyunikeda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!