FVV Qamchiq dovonida handaqqa tushib ketgan ISUZU va uning haydovchisini qutqardi

FVV Qamchiq dovonida handaqqa tushib ketgan ISUZU va uning haydovchisini qutqardi

O‘zbekiston FVV axborot xizmatining xabar berishicha, 16 noyabr kuni soat 11:40da “Qamchiq” navbatchilik maskani navbatchi dispetcheriga, Buxoro viloyati Kogon tumanida tug‘ilgan, R. SH. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk mashinasi A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 248 km.da boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handaqqa (kyuvetga) tushib ketganligi to‘g‘risidagi ma’lumot kelgan.

Buning oqibatida “ISUZU” yuk mashinasi ag‘darilib ketib mashina haydovchisi va yo‘lovchisiga o‘rta darajadagi tan jarohati yetgan.

Mazkur murojaat yuzasidan, voqea joyiga “Rezak” navbatchilik maskani guruh komandiri katta serjant A.Ergashev boshchiligida qutqaruv guruhi tezkorlik bilan yetib borishgan. Qutqaruvchilar tomonidan “ISUZU” yuk mashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi mashina ichidan chiqarib olinib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Shundan so‘ng jabrlanganlar Pop tuman markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!