FVV Andijon shahridagi katta yong‘in haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi

FVV Andijon shahridagi katta yong‘in haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi

Avval xabar berganimizdek, bugun, 20 noyabr kuni soat 21:09 da Andijon viloyati Andijon shahar "O‘rikzor" MFY 3-kichik dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta avtonarvon soat 21:18 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:40 da qurshab olindi va soat 22:25 da bartaraf etildi.

Yong‘in natijasida ko‘p qavatli uyning tahminan 400 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!