FVV 3 — 5 avgust kunlari hududlarda sel kelish xavfi haqida ogohlantirdi

FVV 3 — 5 avgust kunlari hududlarda sel kelish xavfi haqida ogohlantirdi

Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 3-5 avgust kunlari kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar sababli respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi mavjud.

FVV shu haqda tog‘ va tog‘ oldi hududlarida yashovchi aholini ogohlantirdi.

«Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni va noxush vaziyatlar vujudga kelganda, FVVning «1050» qisqa raqamiga murojaat etishingizni so‘raymiz» deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!