Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati rasman qoldirildi

Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati rasman qoldirildi

Futzal bo‘yicha 2020 yilgi Osiyo chempionati keyingi yilga qoldirildi.

Bu haqda Osiyo Futbol Konfederasiyasi (OFK) saytida ma’lum qilindi.

Musobaqa Quvaytda 2-13 dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi.

“COVID-19 pandemiyasi avj olganini hisobga olgan holda barcha ishtirokchi jamoalar va manfaatdor tomonlarning xavfsizligi hamda farovonligi uchun OFK muhokamalardan so‘ng futzal bo‘yicha Osiyo chempionatini 2021 yilning mart-aprel oylariga qoldirishga qaror qildi”, deyiladi konfederasiya rasmiy bayonotida.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!