Futbolchilar kaltaklangani ortidan "Surxon" klubining 2 nafar direktori va 3 futbolchi futboldan chetlatildi

Futbolchilar kaltaklangani ortidan "Surxon" klubining 2 nafar direktori va 3 futbolchi futboldan chetlatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxon” futbol klubining sobiq futbolchilari Javohir Esonqulov va Akrom Xodjayev klub binosida kaltaklangani haqda xabarlar tarqalgan edi.

Ushbu vaziyat bo‘yicha bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati va mas’ul mutaxassislari ishtirokida maxsus yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, unda asassosiasiya bu kabi salbiy holatlarni keskin qoraladi.

Ayni vaqtda ushbu holat tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, holat yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi ham tayinlangan.

Mazkur holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlik kiritilguniga qadar O‘FA tomonidan “Surxon” futbol klubi bosh direktori Azamat Abduraxmonov, sport direktori Abdumajid Toirov, futbolchilar Asror G‘ofurov, Javohir Esonqulov va Akrom Xodjayev futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!