Futbol afsonasining ovozi italiyalik qizni to‘qqiz oylik komadan olib chiqdi

A A A
Futbol afsonasining ovozi italiyalik qizni to‘qqiz oylik komadan olib chiqdi

"Roma" FKning sobiq sardori italiyalik futbolchi Franchesko Tottining ovozini eshitganidan so‘ng, to‘qqiz oy ichida komada bo‘lgan qiz o‘ziga keldi.

Bu haqda “La Repubblica” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bir muncha vaqt qizning qarindoshlari unga o‘zi qo‘llab-quvvatlagan "Roma" futbol klubining madhiyasini eshittirishgan.

Afsonaviy futbolchi Totti vaziyatdan xabar topgach, qizga video xabar jo‘natgan.

"Ileniya, taslim bo‘lma, biz hammamiz sen bilan", - degan futbolchi.

Shundan so‘ng futbolchining ovozi yozilgan video qayta-qayta eshittirilgan va qiz asta-sekin komadan chiqa boshlagan. To‘liq o‘ziga kelganidan keyin esa kumiri bilan uchrashgan. 28 sentyabr kuni ertalab futbolchi uning yoniga kasalxonaga tashrif buyurgan.

"U jilmaydi, meni quchoqladi va yig‘lay boshladi", deydi 44 yoshli futbolchi “Agar bu ishim qizga yordam berishini bilganimda, oldinroq qilgan bo‘lardim”, deya qo‘shimcha qilar ekan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!