Fuqaroning 1 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan firibgarlar aybiga iqror bo‘lib olgan pullarini qaytardi

Fuqaroning 1 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan firibgarlar aybiga iqror bo‘lib olgan pullarini qaytardi

Fuqaroning 1 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan firibgarlar aybiga iqror bo‘lib olgan pullarini qaytardi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ishchisi K.T. va boshqalar oldindan til biriktirib, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqaro SH.ning ishonchiga kirib, tuman hokimligi balansida bo‘lgan dala-do‘konni go‘yoki bo‘sh turganligini aytib, ushbu do‘konni tanishlari orqali hisobdan chiqartirib, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1 000 AQSh dollari va 1 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlanib, tekshiruv jarayonida K.T. va boshqalar aybiga to‘liq iqror bo‘lib, fuqaro SH.dan olgan pullarni qaytarib bergan holati prosessual tartibda rasmiylashtirilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!