Fuqaroni ijtimoiy tarmoqlarda obro‘sizlantirmoqchi bo‘lib 4000 dollar olgan tovlamachi ushlandi

Fuqaroni ijtimoiy tarmoqlarda obro‘sizlantirmoqchi bo‘lib 4000 dollar olgan tovlamachi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.X.(muqaddam sudlangan) boshqa bir fuqaro A.J.ning qadr-qimmati va obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan video va fotosuratlarini internet ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatib yuborishi bilan qo‘rqitib, evaziga undan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!