Fuqaroni IIV Akademiyasiga o‘qishga olib kirishni va’da qilib, 1000 AQSh dollari olgan ayol qo‘lga tushdi

Fuqaroni IIV Akademiyasiga o‘qishga olib kirishni va’da qilib, 1000 AQSh dollari olgan ayol qo‘lga tushdi

Farg‘ona shahar. 19 may kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV SHXBB Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IIV SHXXB JIED xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida, 1980 y.t. M.R ismli ayol muqaddam firibgarlik jinoyati sodir etganligi uchun jazo o‘tab kelayotganligiga qaramasdan Yuksalish ko‘chasida fuqaro G‘.X.ni 5.000 AQSh dollari evaziga O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasiga o‘qishga olib kirib qo‘yishini va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan oldindan kelishilgan pullardan 1.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!