FUQAROLARNING MUROJAATLARI JOYIDA IJOBIY HAL ETILYAPTI

FUQAROLARNING MUROJAATLARI JOYIDA IJOBIY HAL ETILYAPTI

Toshkent shahar sudi va Toshkent shahar ma’muriy sudi tomonidan fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlab, joyida ijobiy hal etish, kerakli huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazib kelinyapti.

Xususan, shu bugunga qadar Yashnobod, Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Bektemir, Sirg‘ali va Yangihayot tumanlarida huquqiy ko‘makka muhtoj fuqarolar uchun sayyor qabullar o‘tkazildi.

Galdagi sayyor qabul esa bugun, 17 iyun kuni Shayxontohur tumanidagi “Sarxumdon” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tdi. Unda sudyalar Shayxontohur va Olmazor tumanlari fuqarolarining murojaatlariga quloq tutishdi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot kotibi Sadoqat Allaberganova xabar qildi.

FUQAROLARNING MUROJAATLARI JOYIDA IJOBIY HAL ETILYAPTI

Sayyor qabulda Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi Ulug‘bek Almamedov va Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosarlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur va Olmazor tuman sudlari raislari hamda sudyalari qatnashishdi.

FUQAROLARNING MUROJAATLARI JOYIDA IJOBIY HAL ETILYAPTI

- Sayyor qabulda jami 43 nafar fuqarolar qabul qilindi. Qabul qilingan fuqarolarning murojaatlari tahlil etilganda, ularning 36 nafari jinoyat ishlari bo‘yicha, 4 nafari fuqarolik ishlar bo‘yicha, 3 nafari ma’muriy ishlarga oid murojaatlarni tashkil etdi. Shundan 18 nafar fuqaroning og‘zaki murojaati, 25 nafar fuqaroning yozma murojaatlari qabul qilindi. Jami 43 ta murojaatlardan 18 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. 25 ta murojaat bo‘yicha esa arizalar ko‘rib chiqilib, joyida qanoatlantirildi, ijobiy hal etildi. Shuningdek, sayyor qabulda sayyor sud ham bo‘lib o‘tdi. Unda axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan mahkumlar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur va Olmazor tumanlari sudi sudyalari tomonidan ko‘rib chiqilib, 27 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi, - deydi jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi raisi Tolibjon Obidov.

FUQAROLARNING MUROJAATLARI JOYIDA IJOBIY HAL ETILYAPTIFUQAROLARNING MUROJAATLARI JOYIDA IJOBIY HAL ETILYAPTI

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar sudi va Toshkent shahar ma’muriy sudi tomonidan o‘tkaziladigan galdagi sayyor qabul 21 iyun kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi, unda Uchtepa va Chilonzor tumanlaridagi sud-huquq bo‘yicha fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!