Fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.M. ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni tanishlari orqali 10 000 AQSh dollari evaziga Koreya Respublikasiga ishga yuborishini aytib, oldindan 3 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Marg‘ilon shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.K. boshqa bir fuqaro O.ni 7 000 AQSh dollari evaziga Koreya Respublikasiga ishga yuborishni va’da qilib, oldindan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!