Fuqarolarni AQSh va Xitoyga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Fuqarolarni AQSh va Xitoyga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xatirchi tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda, fuqaro S.A. fuqaro U.O.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali 5 000 AQSh dollari evaziga AQShga jo‘natish uchun viza va boshqa hujjatlarni tayyorlab berishini aytib, oldindan 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, Sergeli tuman bo‘limi, DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda, fuqarolar E.X. va SH.T. fuqaro F.O.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali uning nomiga Xitoydan chaqiruv taklifnomasini jo‘natish va ushbu davlatga kirish vizasini tayyorlab berishi evaziga 700 AQSh dollari va 300 ming so‘mni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!