Fukusimadagi radioaktiv chiqindilarni qayta ishlash 4,2—6,4 mlrd dollarga tushadi

Fukusimadagi radioaktiv chiqindilarni qayta ishlash 4,2—6,4 mlrd dollarga tushadi

Yaponiyaning Fukusima prefekturasidagi radioaktiv qoldiqlarni tozalash ishlaridan so‘ng qolgan tuproq qatlami, daraxt shoxlari, o‘tlar va boshqa chiqindilarni qayta ishlash xarajatlari uchun 440,1 milliarddan 675,6 milliard iyena (taxminan, 4,2—6,4 milliard dollar)gacha mablag‘ talab etiladi. Bu haqda NHK telekanaliga tayanib «Kommersant’» xabar berdi.

Radioaktiv chiqindilar hajmi 14 million kub metrni tashkil qiladi. Hukumat chiqindilar utilizasiyasini 2045 yilgacha tugatishni rejalashtiryapti. Utilizasiya jarayoni xom ashyoni 90 foiz qayta ishlashni ko‘zda tutadi.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, utilizasiya jarayonidan keyin qayta ishlashga mo‘ljallanmagan 8 foiz chiqindi qolsa, uning hajmi 1,13 million kub metrni tashkil qiladi. Qayta ishlash xarajatlari 440,1 milliard iyena (taxminan, 4,2 milliard dollar)ni tashkil qiladi. Agar 1,9 million kub metr qayta ishlashga mo‘ljallanmagan chiqindilar qolsa, bu summa 676,6 milliard iyena (taxminan, 6,4 milliard dollar)gacha o‘sadi.

2011 yil 11 mart kuni zilzila va undan keyin sodir bo‘lgan sunami natijasida «Fukusima-1» AESida halokat yuz berdi. Tabiiy ofatlar natijasida 16 mingga yaqin odam halok bo‘ldi. Yuz minglab yaponiyalik o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.

Avvalroq Yaponiyada 7,1 balli zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!