Fransuzlar Putin bilan suhbatlashganidan keyin Makronni tanqid qilishdi

Fransuzlar Putin bilan suhbatlashganidan keyin Makronni tanqid qilishdi

Le Figaro gazetasi o‘quvchilari Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbati haqidagi xabar ostidagi izohlarda Fransiya yetakchisi Emmanuel Makronga qarshi "qurol ko‘tarishdi".

Juma kuni Putin va Makron telefon orqali Yevropadagi xavfsizlik va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi. Rossiya rahbarining ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar va NATO xavfsizlik kafolatlari haqidagi g‘oyalarga javoban Rossiya uchun muhim jihatlarni e’tiborsiz qoldirgan.

Le Figaro veb-sayti sharhlovchilari ikkiga bo‘lingan. Ba’zilar Rossiyani tajovuzkor davlat deb atasa, boshqalar Makronni Amerika ma’muriyatiga xayrixohlikda ayblab, Moskva tarafini oldi.

«Putin NATO uning ostonasida ekanligidan xavotirda va u haq», deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

«Putin qo‘shnilaridan uning ittifoqchisi bo‘lishni so‘ramayapti, shunchaki o‘z chegaralarida dushman kuchlarni joylashtirishdan tiyilish uchun», - deya fikr bildirdi yana biri.

«AQSh shunchaki Rossiya bilan do‘st bo‘lishdan bosh tortadi va ularning xizmatkori Makron ularga ko‘r-ko‘rona ergashadi», - deya qo‘shimcha qildi yana bir sharhlovchi.

«Nima uchun Yevropa va Fransiya Rossiyani rad etishi kerak?» — so‘radi yana bir o‘quvchi.

Xullas, ayni damda fransuzlar ikkiga bo‘lindi: bir guruh Rossiya, ikkinchi guruh AQSh tarafini olmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!