Fransuz jurnali Turkiyadagi zilzilani mazah qildi

Fransuz jurnali Turkiyadagi zilzilani mazah qildi

Fransiyaning mojaroli Charlie Hebdo jurnali Turkiyadagi vayronkor zilzilani mazax qildi

Nashr karikaturasida qulagan binolar ko‘rsatilgan va “hatto tanklarni yuborishga ham zarurat yo‘q”, degan izoh qoldirilgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ko‘pchiligi bu “hazil”dan norozi. Ular fransuz jurnalini g‘ayriinsoniylikda ayblamoqda.

Turkiyada kuchli zilzilalar oqibatida hozirgacha 3 419 kishi halok bo‘ldi. Suriyada esa 812 kishi qurbon bo‘ldi. O‘zbekiston Turkiyaga o‘z qutqaruvchilarini yubordi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!