Fransiyaning Lafarge kompaniyasi ISHID bilan hamkorlik qilib kelganmi?

Fransiyaning Lafarge kompaniyasi ISHID bilan hamkorlik qilib kelganmi?

«Anadolu» agentligi Fransiyaning qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi Lafarge kompaniyasi ISHID bilan hamkorlik qilganini isbotlovchi hujjatlarni qo‘lga kiritganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kompaniya ISHID bilan aloqalari haqida Fransiyaning ichki, tashqi va harbiy razvedkasiga muntazam ravishda ma’lumot berib turgan. Ya’ni hukumat kompaniyaning terrorchilar bilan munosabatlaridan xabardor bo‘lgan. Fransuz maxsus xizmatlari bu aloqalardan mintaqadan yangiliklar olib turish uchun foydalangan.

Hujjatlardan ma’lum bo‘ladiki, maxsus xizmatlar ISHID bilan hamkorlik jinoiy xarakterga egaligi haqida Lafarge kompaniyasini ogohlantirmagan.

Kompaniya xavfsizlik departamenti rahbari Jan-Kloda Veyyarning fransuz razkedkasi vakillari bilan 2014 yil 1 sentyabrdagi yozishmalarida sement yetkazib berish tafsilotlari muhokama qilingan. Razvedkachilar kompaniyadan ISHIDga yetkazib beriladigan sement haqida batafsil ma’lumot berishni so‘ragan.

Yozishmalar shuni ko‘rsatadiki, fransuz hukumati Lafarge kompaniyasining terrorchi tashkilot bilan aloqalaridan xabardor bo‘lgan. ISHIDchilar fransuz kompaniyasidan olgan sementni AQSh boshchiligidagi xalqaro koalisiya kuchlariga qarshi boshpana va tunnellar qurishda foydalangan.

2018 yilda Lafarge kompaniyasi Suriyadagi ISHIDchilar bilan til biriktirishda ayblandi. 2019 yilning noyabrida esa Parij sudi kompaniyani “insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etishda sheriklik” ayblovi bo‘yicha oqladi. Biroq “terrorchi tashkilotni moliyalashtirish” va “xodimlar hayotini xavf ostiga qo‘yish” ayblovlari olib tashlanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!