Fransiyadagi pissa oshpazi 16 yildan beri qochib yurgan jinoyatchi ekan

Fransiyadagi pissa oshpazi 16 yildan beri qochib yurgan jinoyatchi ekan

Interpol Fransiya sharqidagi Sent-Etyen shahrida 16 yil davomida qochib yurgan mafioz qo‘lga olingani haqida xabar berdi, deb yozadi Euronews.

Kalabriya mafiyasining «Ndrangeta» laqabi bilan tanilgan 63 yoshli Edgardo Greko payshanba kuni ertalab hibsga olindi.

U 1991 yil yanvar oyida ikkita qotillik va 1991 yil iyul oyida qotillikka urinish uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Fransiya polisiyasi Grekoni ikki hamkor davlatning I-Can loyihasi doirasida (Interpolning Ndranghetaga qarshi hamkorligi) bir qismi sifatida italyan karabineri tomonidan baham ko‘rilgan ma’lumotlarga asoslanib hibsga oldi.

Italiya ichki ishlar vaziri Matteo Piantedosi ushbu muhim qo‘shma operasiyadan juda mamnun ekanligini bildirdi.

Italiyaning AGI axborot agentligi xabariga ko‘ra, Greko Sent-Etyendagi pisseriyada Paolo Dimitri ismi bilan pissa oshpazi bo‘lib ishlagan.

Taxminlarga ko‘ra, u o‘zi yashagan Kozensa shaxridagi eng muhim Perna-Pranno klanining a’zosi bo‘lgan.

O‘tgan oy karabinerlar Sisiliyaning Palermo shahrida 30 yildan beri yashirinib yurgan italiyalik mafioz Matteo Messinu Denaroni hibsga olishgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!