Fransiyada prezidentlikka nomzod jarimaga tortildi

Fransiyada prezidentlikka nomzod jarimaga tortildi

Parij sudi Fransiya prezidentligiga nomzod Erik Zemmurni nafrat qo‘zg‘atgani uchun 10 ming yevro jarimaga tortdi. U Fransiyaga ota-onasiz kirgan voyaga yetmagan muhojirlarni omma oldida kamsitgan.

Zemmur islom diniga, migrasiya va feminizmga qarshiligi bilan tanilgan. U 2020 yilda CNews telekanalidagi chiqishida pokistonlik muhojirning odamlarga pichoq bilan hujum qilgani haqidagi savoliga javob berar ekan, shunday degan edi:

“Ular o‘g‘ri, qotil, tajovuzchilar. Ularni qaytarib yuborish kerak, bu yerga umuman kelmasliklari kerak. Ular bizga qimmatga tushyapti”.

Prokuratura bu so‘zlarni so‘z erkinligidan tashqarida deb hisobladi.

Zemmurning advokati sud qarorining ustidan shikoyat qilinishini bildirdi. Irqchi siyosatchi avval ham ikki marta nafrat qo‘zg‘ash aybi sudlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!