Fransiyada karantin joriy etildi

Fransiyada karantin joriy etildi

3 apreldan boshlab Fransiyaning barcha hududlarida 4 haftalik jiddiy karantin cheklovlari o‘rnatilishi e’lon qilindi.

Ma’lum qilinishicha, bungacha bunday cheklovlar faqat mamlakatning 19 ta departamentida amal qilayotgan edi.

Cheklovlarga ko‘ra, soat 19:00 dan boshlab barcha hududlarda komendantlik soati joriy qilinadi. Barcha ishchilar masofaviy tizimga o‘tkaziladi, bog‘chalar, maktablar va kollejlar uch hafta muddatga yopiladi, talabalar oliy ta’lim muassasalariga haftasiga faqat 1 marta borishi mumkin bo‘ladi.

Izolyasiya joyidan 10 km uzoqlikda hech qanday sababsiz sayohat qilish taqiqlanadi.

Shuningdek, nooziq-ovqat do‘konlari va restoranlar yopiladi. Faqat kitob do‘konlari, musiqiy do‘konlar va xo‘jalik mollari sotiladigan do‘konlar bundan mustasno.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!