Fransiyada erkaklardan biri Makronning yuziga tarsaki tushirdi (VIDEO)

Fransiyada erkaklardan biri Makronning yuziga tarsaki tushirdi (VIDEO)

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Drom departamentida odamlarning oldiga chiqdi va shu paytda erkaklardan biri uning yuziga tarsaki tushirdi.



Kadrlarda Fransiya yetakchisi metall panjara ortida mahalliy aholiga yaqinlashayotgani aks etgan. Makron erkaklardan birini qo‘lidan ushlab, unga nimadir deydi va u bunga javoban prezidentning yuziga tarsaki tushiradi. Soqchilar zudlik bilan panjara tomon yugurib, davlat rahbarini chetga olib, hujumchini qo‘lga olishadi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, voqeadan keyin ikki kishi hibsga olingan. Xabar qilinishicha, Dromga sayohat Makronning mamlakat bo‘ylab safarining bir qismi bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!