Fransiyada 5G ga qarshilar 1,5 million kishini aloqasiz qoldirishdi

Fransiyada 5G ga qarshilar 1,5 million kishini aloqasiz qoldirishdi

Fransiyaning Limoj shahri hududida beshinchi avlod tarmoqlari (5G)ga qarshilar mahalliy aholini aloqa, televideniye va radiosiz qoldirib "Orange" uyali aloqa operatori uskunalarini yoqib yuborishdi, deb xabar bermoqda mahalliy “Le Figaro” portali.

Ta’kidlanishicha, 5G ga qarshilar yuqori tezlikdagi Internetga umuman aloqasi bo‘lmagan 230 metrli minorani yoqib yuborishgan. Bir nechta o‘t o‘chirish guruhlari yonayotgan minorani o‘chirishgan, ammo bu yordam bermagan va barcha qurilmalar yonib ketgan. Shundan so‘ng qariyb 1,5 million fransuz aloqasiz qolgan.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in sodir bo‘lganidan bir necha soat o‘tgach, mahalliy gazeta tahririyatiga xat kelgan va unda voqea ortida har qanday yo‘llar bilan beshinchi avlod tarmoqlariga qarshi kurashayotgan "5G ni bekor qilish qo‘mitasi" tashkiloti a’zolari turganligi aytilgan. Ma’lum qilinishicha, tashkilot a’zolari aloqa uzatish minorasining yo‘q qilinishini "Shamol shovqini va qushlar kuylashi uchun operasiya" deb atashgan.

"Xavf ostonamiz oldida turibdi. Keksa yoshimiz hamda ma’lum bir sirlarni bilganimizga qaramay, kuchli emasmiz - biz bir hovuchmiz, xolos. Bizni ta’qib qilishmoqda, qo‘rqib qolganmiz, ammo kuchsizligimizga qaramay, g‘alaba qozonamiz. “iPhone” hech qachon insoniyatni baxtli qilmaydi", deyiladi xatda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!