Fransiya vazirlari yashirincha hashamatli kechki ovqatlarda qatnashganmi?

Fransiya vazirlari yashirincha hashamatli kechki ovqatlarda qatnashganmi?

Parij prokuraturasi ba’zi vazirlarning restoranlarda yashirincha kechki ovqatlarni o‘tkazgani haqidagi xabarlarni tekshirishni boshladi, deb yozadi Interfaks

Parij polisiya prefekturasi, o‘z navbatida, tergovning maqsadi «amaldagi sanitariya-epidemiologiya cheklovlariga zid bo‘lgan barcha maxfiy o‘tirishlar tashkilotchilari va ishtirokchilarini aniqlash» ekanligini ko‘rsatdi.

Surishtiruv M6 telekanali «bir qator vazirlar» Parijdagi hashamatli restoranlarga yashirincha tashrif buyurganliklari haqidagi xabarlarni berganidan keyin boshlandi.

Europe 1 radiostansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bunday restoranlarda bir kishi uchun kechki ovqat narxi 160 dan 490 yevrogacha yetishi mumkin. Shundan so‘ng, Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen ijtimoy tarmoqlarda «tasdiqlangan taqdirda, ushbu maxfiy kechki ovqatlarning tashkilotchilari va ishtirokchilarini sudga berish uchun taqdim etilgan faktlarning to‘g‘riligini tekshirish uchun Parij polisiya prefekturasiga murojaat qilganini» yozdi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish choralari doirasida Fransiyadagi restoranlar oktyabr oyidan beri yopiq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!