Fransiya o‘rmonida bir haftadan ortiq vaqtdan beri yong‘in davom etmoqda

Fransiya o‘rmonida bir haftadan ortiq vaqtdan beri yong‘in davom etmoqda

Fransiyada Parijdan taxminan 60 kilometr janubi-sharqda joylashgan mashhur Fontenblo o‘rmonida yong‘in bir haftadan ortiq davom etmoqda.

Mahalliy BFM TV telekanali xabar berishicha, 500 dan ortiq odam yong‘in bilan kurashmoqda.

Ichki ishlar vaziri Loran Nunyesning aniqlik kiritishicha, Parij mintaqasi uchun misli ko‘rilmagan aviasiya resurslari yong‘inni o‘chirish uchun safarbar qilingan, ammo 13 iyul oqshomiga kelib yong‘in allaqachon 1300 gektar maydonni qamrab olgan.

"Afsuski, asosiy yong‘indan besh kilometr uzoqlikda ikkinchi yong‘in boshlandi, u allaqachon 100 gektardan ortiq maydonga tarqaldi", deb ta’kidladi u.

Ikki kishi o‘t qo‘yishda gumon qilinib hibsga olindi.

Yong‘in o‘tgan yakshanba kuni boshlangan va uni o‘chirish ishlari kuchli shamol va torfli tuproq tufayli qiyinlashmoqda. Mahalliy hokimiyat yaqin atrofdagi aholi punktlaridan odamlarni evakuasiya qilmoqda. Yong‘inning tarqalishi bir nechta yo‘llarning yopilishiga va temir yo‘l xizmatining to‘xtatilishiga olib keldi. Franse 24 avvalroq yong‘in o‘rmonning taxminan 5 foizini vayron qilganini xabar qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Yaponiya aholisini jadal sur’atda yo‘qotmoqda

Мамлакат фуқаролари сони 42 йил ичида биринчи марта 120 миллиондан камайди, туғилиш кўрсаткичи эса тарихий минимумни янгилади

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.

Namanganda qariyb yarim milliardlik jirkanch jinoyat fosh bo‘ldi

Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилди.

Ilon Mask Ukrainaga Rossiyaning ichkarisiga zarba berish uchun Starlink taqdim etishdan bosh tortdi