Fransiya Ozarbayjon va Armaniston chegarasiga harbiylarini jo‘natmoqchi

Fransiya Ozarbayjon va Armaniston chegarasiga harbiylarini jo‘natmoqchi

6 fevral, dushanba kuni Rossiya Federasiyasining Ozarbayjondagi favqulodda muxtor elchisi Mixail Bocharnikov ozarbayjonlik jurnalist Eynulla Fatullayevning savollariga javob berdi.

Ozarbayjonlik jurnalistga diplomatik manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Fransiya Ozarbayjon va Armaniston chegarasida joylashgan Yevropa Ittifoqining fuqarolik missiyasini harbiy-siyosiy kontingentga aylantirish tashabbusini faol muhokama qilmoqda. Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrelning so‘zlariga ko‘ra, yuz nafargacha kuzatuvchini o‘z ichiga olgan missiya tarkibiga 70 nafar fransuz jandarmi kiradi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiyada jandarmeriya mamlakat qurolli kuchlari tarkibiga kiradi va Mudofaa vazirligiga bo‘ysunadi.

Kuni kecha Fransiyaning yetakchi “Le Figaro” nashri bosh muharriri o‘rinbosari Jan Kristof Buisson ham Armanistonga Fransiya harbiy missiyasi yuborilishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi. Buisson bu ma’lumotni Fransiya prezidentidan olgan, deyish uchun barcha asoslar bor. Yanvar oyi oxirida Makron Yelisey saroyida jurnalistni qabul qilgan edi. Makron bilan uchrashuvdan keyin Buisson kutilayotgan harbiy missiya haqida gapirgan.

Eynulla Fatullayev bilan suhbatda Rossiya elchisi chegarada fransuz jandarmlarining joylashtirilishi borasida ma’lumotlar mavjudligini tasdiqladi. M.Bocharnikov, shuningdek, intervyusida, chegarada rossiyalik harbiylar borligini hisobga olgan holda, fransuz harbiylari yuborilgan taqdirda mintaqada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlar va xavflar haqida batafsil izoh berdi.

Bundan tashqari, Rossiya elchisi intervyuda mintaqaviy kun tartibidagi eng dolzarb masalalar: Qorabog‘ kelishuvi, Zangezur yo‘lagi, Ukrainadagi urush haqida fikr bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!