Fransiya olti nafar rossiyalik agentni qo‘lga oldi

Fransiya olti nafar rossiyalik agentni qo‘lga oldi

Rossiya razvedkasi mamlakatda yashirin operasiya o‘tkazgani aniqlangach, Fransiya olti nafar rus agentini persona non grata deb e’lon qildi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qilingan yozma bayonotda, Fransiya Ichki razvedka boshqarmasi kuni kecha uzoq davom etgan tergovdan so‘ng Rossiya razvedkasining Fransiyada yashirin operasiya o‘tkazganini ma’lum qildi.

Bayonotda diplomatik himoyada bo‘lgan va faoliyati Fransiya manfaatlariga zid bo‘lgan 6 nafar rossiyalik agent persona non grata deb e’lon qilingani ta’kidlandi.

4 aprel kuni Fransiya mamlakatda ishlayotgan 35 nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yuborishga qaror qilgandi.

Ma’lumot uchun: Persona non grata (lotincha: persona pop grata — nomatlub shaxs)

1) biror davlatga diplomatik vakil etib tayinlanishiga o‘sha davlat hukumati tomonidan rozilik berilmagan yoki ishonchni yo‘qotgan va chaqirib olinishi lozim bo‘lgan diplomatik vakil. Persona non grata deb e’lon qilish mazkur diplomat, uning oila a’zosi yoki diplomatik vakillikning boshqa biror xodimini shu mamlakat hududida bundan buyon bo‘lishi nomatlub deb topilganligini bildiradi. Bunday qarorga kelish davlat tomonidan o‘zining tegishli odamini aytilgan muddatda chaqirib olishni taqozo etadi, agar muayyan muddat belgilanmagan bo‘lsa, iloji boricha tezroq chaqirib olish chorasi ko‘rilishi kerak. Agar talab bajarilmasa diplomati mahalliy ma’murlar xususiy shaxs deb e’lon qilib, unga oddiy xorijiy fuqaro sifatida munosabatda bo‘ladilar;

2) ko‘chma ma’noda — xayrixohlik bilan qaralmaydigan odam.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!