Fransiya ko‘chalariga 135 mingdan ziyod kishi chiqdi

Fransiya ko‘chalariga 135 mingdan ziyod kishi chiqdi

Polisiyachiga 1723 nafar norozilik aksiyasi ishtirokchilari olib kelingan, ulardan 1220 nafari ichki ishlar vazirligi tomonidan qo‘lga olingan. Bu xaqda Anadolu xabar bermoqda.

Fransiyada sodir bo‘layotgan "sariq reflektorlar" namoyishidagi ishtirokchilar soni 136 ming kishidan oshdi. Ushbu ma’lumot Fransiya Ichki ishlar vazirligiga tomonidan keltirilmoqda.

Polisiya bo‘linmalariga 1723 nafar namoyishchi olib kelib topshirilgan bo‘lib, ulardan 1220 nafari qo‘lga olingan.

Hukumat tomonidan noroziliklarni to‘xtatish va 2019 yilda yoqilg‘i narxining ko‘tarilishini bekor qilishga to‘g‘risidagi va’dalariga qaramay, "sariq reflektorlar" prezident Emmanuel Makronning siyosatiga norozilik bildirish uchun yana Fransiya shaharlari, asosan, Parij ko‘chalariga chiqdi.

Namoyishchilar polisiyaga qarata portlovchi moslamalar va boshqa narsalarni uloqtirib tashlashib, Makronni iste’foga chiqshga chaqirishdi.

Namoyishlar o‘g‘irliklar va otishmalar bilan birga bo‘lib o‘tdi.

Fransiyada 17 noyabrdan boshlab yoqilg‘i narxining o‘sishi bilan bog‘liq ommaviy noroziliklar davom etmoqda.

Namoyishchilar ustilariga sariq reflektorni kiyib olishgan. Tartibsizliklar natijasida 3 kishi halok bo‘lgan va 1043 kishi yaralangan. Shu paytga qadar, yaralanganlar orasida 222 xavfsizlik kuchlari bo‘lgan edi.

Manba: ufq. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!