Fransiya janubida o‘rmon yong‘ini temir yo‘l qatnovini to‘xtatib qo‘ydi
19 iyul kuni kechqurun Fransiyaning janubidagi Var departamentida sodir bo‘lgan yirik o‘rmon yong‘ini tufayli Nissa va Marsel o‘rtasidagi temir yo‘l qatnovi to‘xtatildi.
Le Parisien nashrining xabar berishicha, o‘t o‘chiruvchilarning iltimosiga binoan, Fransiya Milliy temir yo‘l kompaniyasi (SNCF) "Lez Ark" va "Karnul" bekatlari orasidagi poyezdlarni yopdi va elektr energiyasini uzdi.
Natijada, janubi-sharqiy yo‘nalishlarda, shuningdek, Parij-Nissa liniyasida sezilarli kechikishlar qayd etildi. Nissadan "Lez Ark" bekatidan o‘tishi rejalashtirilgan barcha poyezdlar bekor qilindi va Marseldan jo‘naydigan poyezdlar faqat Tulongacha davom etdi. SNCF hali xizmatni tiklash muddatini belgilamadi.
Eslatib o‘tamiz, yong‘in 19 iyul kuni Tarados kommunasi yaqinida boshlanib, Sent-Trope ko‘rfazi sohilida joylashgan L"Ark-syur-Arjan tomon tarqaldi. Bir necha soat ichida yong‘in bir necha o‘nlab gektar o‘simliklarni yo‘q qildi va kechgacha hali ham o‘chirilmadi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in 180 gektarga yetdi. Bir nechta turar-joy binolari vayron bo‘lgan, 150 kishi evakuasiya qilingan.
