Fransiya COVID-19 kasalliklarining yangi to‘lqinini boshdan kechirmoqda

Fransiya COVID-19 kasalliklarining yangi to‘lqinini boshdan kechirmoqda

Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Fransua Bron respublikada koronavirus infeksiyasining yangi to‘lqini kuzatilayotganini aytdi.

Bu haqda u 9 dekabr kuni BFM telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.

Fransiya Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 15 kun ichida BQ.1.1 shtammining yangi varianti bilan bog‘liq bo‘lgan koronavirus infeksiyalari sonining ko‘payishi kuzatilgan.

"Aytishim mumkinki, biz allaqachon epidemiyaning yangi to‘lqinini boshdan kechirmoqdamiz", dedi Bron.

Vazir “BQ.1.1 shtammi o‘zidan oldingi kabi oson yuqishi, lekin ko‘p hollarda bu jiddiy asoratlarga olib kelmasligi” haqida ogohlantirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!