Foto: Xorazmda kuchli shamol tufayli tomlar yiqilib, ustunlar quladi
Xorazm viloyatining ko‘plab tumanlarida kuchli shamol sabab elektr tarmoqlari uzilib qoldi.
Urganch, Yangibozor, Xazorasp, Gurlan, Bog‘ot tumanlarida elektr simlari uzilishi mumkin, deb xabar beradi Xorazm viloyat elektr tarmoqlariga tayanib Repost nashri.
Elektr stansiyalari va tarmoqlaridan texnik foydalanish qoidalariga ko‘ra, 5 iyun kuni Xorazm viloyatining ayrim mahallalarida soat 10:00 dan 18:00 gacha vaqtincha elektr uzilishlar bo‘lishi mumkin, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 4 iyun kuni kuchli shamol yuqoridagi hududlarning elektr uzatish liniyalariga zarar yetkazgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)