FOTO. Saida Mirziyoyeva va jajji Shavkatjon

FOTO. Saida Mirziyoyeva va jajji Shavkatjon

Shu kunlarda ish jadvalim juda tig‘iz. Safarlar, uchrashuvlar, forum va konferensiyalar — hozir ko‘plab muhim loyihalarning taqdiri hal bo‘layotgan payt.

Farzandlardan ko‘p vaqtga uzoqlashmaslikning yagona yo‘li — ularni ta’tilga chiqqanlarida o‘zim bilan birga olib ketish.

FOTO. Saida Mirziyoyeva va jajji Shavkatjon

Bu gal Dubaydagi ish safarimda menga sabrli kichkintoyim Shavkatjon hamrohlik qilyapti. Mana shu bir necha kunga juda ko‘p ishlar rejalashtirilgan, ketma-ket tadbir. Shunga qaramay, ozgina bo‘sh qoldim deguncha, vaqtni birga o‘tkazyapmiz. Tinimsiz ishlaydigan ota-onani sog‘inish nima ekanini yaxshi bilaman. O‘zim ham dadamni har doim sog‘inaman.

Siz-chi, farzandlaringizni ishga olib borib turasizmi?

Saida Mirziyoyeva


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!