"Ford" elektromobillar ishlab chiqarish uchun ikkita yangi zavod qurmoqchi

"Ford" elektromobillar ishlab chiqarish uchun ikkita yangi zavod qurmoqchi

AQShning "Ford" avtomobil kompaniyasi ham kelajagini elektromobillar bilan bog‘lashga qaror qilganiga ancha bo‘ldi. Bugun u shu maqsad doirasida AQShda 11,4 milliard dollarlik ikkita yangi zavod qurilishini e’lon qildi: ulardan birida elektromobillar uchun batareyalar ishlab chiqariladi; ikkinchisida esa elektromobillar yig‘iladi.

Har ikki zavod jami 11 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratishi aytilmoqda.

Kompaniya 2025 yilgacha elektromobillar ishlab chiqarish uchun 30 milliard dollar sarflashga qaror qilgan. 2030-yilga borib "Ford" nomi ostida sotiladigan barcha avtomobillarning 40-50 foizi elektromobil bo‘lishi kutilyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!