«Flynas» aviakompaniyasi tomonidan Toshkent shahriga birinchi aviaparvoz amalga oshirildi

«Flynas» aviakompaniyasi tomonidan Toshkent shahriga birinchi aviaparvoz amalga oshirildi

O‘zbekistonda transport logistikasini rivojlantirish, tashqi va ichki qatnovlarni kengaytirish hamda transport xizmatlari sifatini oshirish orqali mamlakatimizga tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlar sonini yanada oshirish maqsadida joriy yil boshida Turizm va sport vazirligi tomonidan Saudiya Arabistoni Qirolligining «Flynas» aviakompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazilib, «Ar-Riyod–Toshkent–Ar-Riyod» aviareyslarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirilgan.
Joriy yilning 5 avgust kuni (Toshkent vaqti bilan soat 12.30da, XY-359 reysi orqali) Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridan «Flynas» aviakompaniyasi tomonidan Toshkent shahriga birinchi aviaparvoz amalga oshiriladi.


A320NEO samolyoti Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga qo‘ndi. Hammasi bo‘lib, bortda 18 yo‘lovchi bo‘lgan, ular orasida RUH va Flynas Management vakillari bor. «Flynas» kompaniyasining birinchi reysini Turizm va sport vazirligi hamda Transport vazirligi xodimlari va OAV vakillari kutib olishdi.


«Flynas» parvozlari muntazamligini hisobga olib, sayyohlar oqimini ko‘paytiriladi, O‘zbekistonning yirik turistik kompaniya va agentliklari vakillarini Saudiya Arabistoniga yuboriladi.

Bundan tashqari, u yerda O‘zbekiston turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkaziladi.


Mazkur reys, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga hamda mamlakatimizga Saudiya Arabistoni Qirolligidan tashrif buyuruvchi turistlarning sonini oshishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Ma’lumot uchun: «Flynas» (ilgari «Nas Air») 2007 yilda tashkil topgan. Flynas World Travel Awards tomonidan ketma-ket besh yil va Skytrax tomonidan ketma-ket uch yil davomida Yaqin Sharqning arzon narxlardagi yetakchi aviakompaniyasi deb topilgan. Ushbu kompaniya eng yirik byudjet aviakompaniyalardan biri hisoblanadi. 17 ta mahalliy va 53 ta xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam reyslarni amalga oshiradi hamda 27 ta samolyotlar parkiga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!