“Flydubai” Dubay-Namangan yo‘nalishida muntazam parvozlarni boshladi

“Flydubai” Dubay-Namangan yo‘nalishida muntazam parvozlarni boshladi

Birlashgan Arab Amirliklari aviakompaniyasining Dubay-Namangan yo‘nalishidagi ilk reysi 25 sentyabrga o‘tar kechasi Namangan xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan. Boeing 737 havo kemasi yigirmaga yaqin yo‘lovchini Namanganga olib kelgan va u yerdan Dubayga 189 kishini olib ketgan.

Dubay-Namangan yo‘nalishidagi pavozlar haftaning chorshanba va shanba kunlari, Namangan-Dubay yo‘nalishidagi reyslar esa payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda “Flydubai” Toshkent va Samarqandga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirib kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!