Floyd Meyvezerning bugungi jangi noma’lum muddatga qoldirildi

A A A
Floyd Meyvezerning bugungi jangi noma’lum muddatga qoldirildi

Bugun BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida boks afsonasi Floyd Meyvezer ishtirokidagi ko‘rgazmali jang o‘tkazilishi kerak edi.

Faoliyatini mag‘lubiyat va durangsiz yakunlagan amerikalik bokschining vatandoshi Don Murga qarshi ringga chiqishi belgilangandi. Ammo, ushbu ko‘rgazmali jang noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda Global Titans direktori Uday Singx xabar berdi.

Bunga BAA prezidenti Shayx Xalifa Ben Zaydning vafoti sabab bo‘ldi. Kecha BAA rahbari omonatini topshirgan edi. Mamlakat prezidentining vafoti sabab BAAda 40 kunlik motam e’lon qilindi. Tashkilotchilar jangning yangi sanasini keyinroq ma’lum qilishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!