"Firibgarlik fosh etildi": Bojxona qo‘mitasi fuqarolarga murojaat qildi

"Firibgarlik fosh etildi": Bojxona qo‘mitasi fuqarolarga murojaat qildi

Davlat bojxona qo‘mitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan Toshkent shaxar IIBB Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan birgalikda o‘tkazilgan tadbirda firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi.

Muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun bir necha marotaba sudlangan Kayumov Abdulaziz Turobovich bu gal huquqni muxofaza qiluvchi idoralarning yuqori mansabdor shaxslari nomini sotib, huquqni muxofaza qiluvchi idoralarning xizmat-kiyim boshlaridan foydalangan holda fuqarolarni aldab, ularning ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan firibgarlik jinoyatini sodir etgan.

A.Kayumov jinoiy faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘zining jinoiy sheriklari bilan birga fuqarolarni ishga kiritib qo‘yish, yirik miqdordagi pul mablag‘lari bilan bog‘liq qalbaki shartnomalar tuzib berish evaziga juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 2021 yil 23 oktyabr kuni fuqaro A.Kayumov va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b”, 4-qismi “a” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga yuborildi.

Ushbu shaxsdan jabrlangan fuqarolar tergov organiga murojaat qilishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!