Finlyandiya Rossiya gazini uzishga tayyor

Finlyandiya Rossiya gazini uzishga tayyor

Finlyandiyaning Gasum davlat operatori Finlyandiyaga rus gazi yetkazib berish ertaga mahalliy vaqt bilan ertalab soat 7 da to‘xtashini tasdiqladi.

"Afsuski, bizning amaldagi shartnomamiz bo‘yicha gaz yetkazib berish to‘xtatiladi. Ammo biz bu vaziyatga puxta tayyorgarlik ko‘rdik", dedi kompaniya bosh direktori Mikka Vilyanen.

Bugun ertalab Finlyandiya moliya vaziri Annika Saariko mamlakat AQShning Excelerate Energy kompaniyasidan suzuvchi suyultirilgan gaz ombori uchun o‘n yillik ijara shartnomasini imzolaganini e’lon qildi.

"Ushbu ombor Rossiya gazidan qutulishimizga yordam beradi", dedi vazir.

Avvalroq Gasum Rossiyaning gaz uchun rublda to‘lash talabini rad etib, buni shartnomani buzish deb atadi. Bugun "Gazprom Eksport" Finlyandiya operatoriga gaz yetkazib berish shanba kuni ertalab to‘xtatilishi haqida xabar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!