Finlyandiya Yevropada birinchi bo‘lib uran ishlab chiqaradi

Finlyandiya Yevropada birinchi bo‘lib uran ishlab chiqaradi

2026 yilga borib Finlyandiyada uran ishlab chiqarish to‘liq quvvatga ega bo‘ladi. Mamlakat atom elektr stansiyalari uchun yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan uran ishlab chiqarishni boshlaydi. Hozirda Yevropa Ittifoqining birorta ham davlati uran ishlab chiqarmayapti, deya xabar berdi euronews.com.

Davlatga qarashli Terrafame kompaniyasi 2024 yilning yozigacha Sotkamo viloyatidagi Talvivaara konida uran ishlab chiqarishni boshlash rejalarini e’lon qildi. Ayni paytda u yerda elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan nikel va kobalt ishlab chiqarilmoqda.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, yerdan ko‘tarilgan bir kilogramm rudada taxminan 17 milligramm uran mavjud bo‘lib, shu paytgacha u sanoat chiqindilari sifatida tasniflangan.

Terrafame yiliga 200 tonnaga yaqin uran qazib olishi mumkin. Loyihaga kiritilgan sarmoya taxminan 20 million yevroni tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan uran xorijga eksport qilinishi taxmin qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!