Filippindagi zilzila oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Filippindagi zilzila oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Filippinda 27 iyul, chorshanba kuni sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 314 mingdan ortiq odam jabr ko‘rdi, o‘n kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Filippin tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kengashi (NDRRMC) hisobotida ma’lum qilindi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, jami 314 161 kishi qandaydir tarzda tabiiy anomaliyaga duch kelgan.

Ayni vaqtda halok bo‘lganlar soni o‘nga, yaradorlar esa 375 nafarga yetdi.

27 iyul kuni seysmologlar Filippinda 7,1 magnitudali zilzila qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!