FIFA tomonidan jazo: Argentinalik futbolchilar Angliya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng siyosiy banner namoyish etdi

FIFA tomonidan jazo: Argentinalik futbolchilar Angliya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng siyosiy banner namoyish etdi

DW'ning yozishicha, jahon chempionati yarim finalidan so‘ng Argentina terma jamoasi futbolchilari maydonda "LAS MALVINAS SON ARGENTINAS" ("Malvin orollari — argentinaliklarniki") degan yozuv tushirilgan bannerni olib chiqishdi. Argentinada Folklend orollarini Malvin orollari deb atashadi, bu Buyuk Britaniyaning dengiz ortidagi hududi bo‘lib, Buenos-Ayres uning maqomi bo‘yicha da’vosini davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun, arxipelag 1833 yilda Britaniya hududiga aylangan. 1982 yilda Argentina Folklend orollari hududini egallashga urindi, bunga javoban Buyuk Britaniya o‘z qo‘shinlarini kiritdi va urush boshlandi. 1000 ga yaqin askar halok bo‘ldi, ularning qariyb uchdan ikki qismi argentinaliklar edi. Urush 74 kundan so‘ng Argentina taslim bo‘lishi bilan yakunlandi.

Argentinalik futbolchilarning harakatlari FIFA tomonidan jazolanishi mumkin. 2014 yilda Argentina futbol assosiasiyasi aynan shunday yozuvli plakat namoyish qilgani uchun jarimaga tortilgan edi.

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Angliyaga qarshi o‘yin oldidan mojaroni sport bilan aralashtirmaslikka chaqirgan edi.

"Biz argentinaliklar, urushda halok bo‘lgan odamlar haqida o‘ylaymiz. Ammo biz buni o‘yindan ajratib olishimiz kerak", – degan u.

Shuningdek, Argentina vise-prezidenti Viktoriya Vilyarruel yarim final o‘yini oldidan inglizlarni "qaroqchilar" deb atadi va siyosiy to‘g‘rilikka amal qilmoqchi emasligini ta’kidladi.

"Biz bizga tegishli narsani oxirgi nafasimizgacha talab qilamiz", — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.

Vilyarruelning otasi Folklend urushi paytida Argentina tomonida jang qilgan, deyiladi xabarlarda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov

Қирғизистон президенти Садир Жапаров 2020 йилда ҳокимиятга келгач дарҳол