FIFA prezidentini qo‘llab-quvvatlayotgan Qatar OFKga qarshi chiqdi

FIFA prezidentini qo‘llab-quvvatlayotgan Qatar OFKga qarshi chiqdi

Qatar futbol assosiasiyasi prezidenti Hamad bin Xalifa al-Soniy OFKning FIFA prezidenti Janni Infantinoga qarshi UYEFA va KONKAKAF bilan birgalikda e’lon qilgan ochiq maktubiga munosabat bildirdi.

Al-Soniy OFK prezidenti Salmon bin Ibrohim al-Xalifaga yo‘llagan maktubida Qatar futbol assosiasiyasi ham, uning o‘zi ham qo‘shma bayonot e’lon qilinishidan avval bu masala bo‘yicha maslahatlashuvlarda ishtirok etmaganini ma’lum qilgan.

Qatar vakilining ta’kidlashicha, bayonotdan oldin uning loyihasi yuborilmagan, oldindan xabar berilmagan va mazmuni yuzasidan fikr bildirish imkoniyati ham taqdim etilmagan.

Al-Soniy OFKning 47 ta a’zo assosiasiyasi nomidan jamoaviy pozisiyani bildirganini qanday asosda e’lon qilganiga ham izoh so‘ragan. Uning fikricha, umumiy pozisiya avvalo barcha a’zolar bilan maslahatlashuv orqali aniqlanishi kerak.

Mazkur mojaro Infantino faoliyatiga nisbatan futbol konfederasiyalari o‘rtasidagi kelishmovchiliklar kuchaygan bir paytda yuzaga keldi. UYEFA, OFK va KONKAKAF avvalroq FIFA prezidentini iste’foga chiqishga chaqirib, uning Jahon chempionati tijoriy huquqlarining 20 foizini xususiy investorlar uchun sotish rejasini keskin tanqid qilgan edi. Ushbu loyiha orqali FIFA taxminan 4,2 milliard dollar daromad olishni rejalashtirgan, biroq kuchli noroziliklardan so‘ng Infantino undan voz kechgan.

Bir kun avval Qatar va yana besh arab davlati futbol assosiasiyasi rahbarlari Infantino faoliyatini qo‘llab-quvvatlagan edi. Ular FIFA prezidentining futbolni global miqyosda rivojlantirishga qo‘shgan hissasini yuqori baholagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.