FIFA Portugaliya so‘roviga ko‘ra Brunu nomiga yozilgan golni qaytadan ko‘rib chiqadi

FIFA Portugaliya so‘roviga ko‘ra Brunu nomiga yozilgan golni qaytadan ko‘rib chiqadi

JCH-2022 2-turi doirasidagi Portugaliyaning Urugvay (2:0) darvozasiga kiritgan birinchi goli Krishtianu Ronaldu nomiga yozilishi mumkin.

Uchrashuvning 54-daqiqasida Portugaliya hisobni ochgach, dastlab to‘p Ronaldu nomiga yozilgandi. Keyin esa to‘p Krishtianuning boshiga tegmagan degan xulosaga kelinib, gol to‘pni jarima maydoniga uzatgan Brunu Fernandesh nomiga yozilgandi.

O Jogo xabariga ko‘ra, Portugaliya futbol federasiyasi FIFAga gol muallifi Ronaldu ekanligini tasdiqlovchi dalillarni yuborishini ma’lum qilgach, FIFA texnik komissiyasi gol muallifi kim ekanini aniqlash uchun vaziyatni batafsil tahlil qiladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yindan keyin Ronaldu to‘p uning boshiga tekkanini ma’lum qilgan edi. Gol 37 yoshli yulduz nomiga yozilsa bu uning turnirdagi 2-goli bo‘ladi. Brunu esa bitta gol va 2ta assist qayd etgan bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!