FIFA JCH-2022da ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi

FIFA JCH-2022da ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi

FIFA Qatarda o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etadigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mundial tarixida ilk marta ayol hakamlar ham musobaqada faoliyat yuritadi.

FIFA ro‘yxatidan turli qit’alardan 36 nafar bosh hakam, 69 nafar qanot hakamlari va 24 nafar VAR referilari joy olgan bo‘lib, ular orasida O‘zbekistondan hakamlar yo‘q.

Erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati tarixida ilk marta ayol hakamlar - Stefani Frappar (Fransiya), Salima Mukansanga (Ruanda) va Yosimi Yamasita (Yaponiya) bosh hakam sifatida faoliyat yuritsa, Neuza Bek (Braziliya), Karen Dias Medina (Meksika) va Ketrin Nesbitt (AQSh) qanot hakamlari sifatida ishlashadi.

Shuningdek, JCH-2022da Angliyadan Entoni Teylor va Maykl Oliver, Braziliyadan Rafael Klaus va Uilton Sampayo, Argentinadan Fakundo Telyo va Fernando Rapallini ishtirok etadi. Ispaniyadan Mateu Laos, Italiyadan Daniele Orsato, Germaniyadan esa Daniel Zibert Qatardagi turnirga taklif olgan.

JCH-2022 hakamlari to‘liq ro‘yxati:

FIFA JCH-2022da ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi

Eslatib o‘tamiz, 2010 yildan buyon ilk marta jahon chempionatida o‘zbekistonlik hakamlar bo‘lmaydi. Bungacha Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi JAR-2010, Braziliya-2014 va Rossiya-2018 mundiallarida ishtirok etgandi. JCH-2022 bahslari noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!