FIFA Argentina terma jamoasining Folklend orollari haqidagi banneri yuzasidan tergov boshladi
FIFA 2026 yilgi jahon chempionati yarim finalida Angliya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng argentinalik futbolchilar maydonga olib chiqqan banner yuzasidan rasmiy tekshiruv boshladi, deb xabar beradi ESPN tashkilot bayonotiga tayanib.
Standart tartib-qoidalarga muvofiq, FIFA'ning mustaqil Intizom qo‘mitasi hozirgi vaqtda o‘yin hisobotlarini baholamoqda va FIFA Intizom kodeksi asosida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan keyingi chora-tadbirlar to‘g‘risida qaror qabul qilishdan avval tegishli holatlarni ko‘rib chiqmoqda, deyiladi bayonotda.
Shu bilan birga, "Cope" radiostansiyasining ma’lum qilishicha, FIFA finalgacha bu bo‘yicha hech qanday sanksiya qo‘llamaydi va voqeada ishtirok etgan barcha futbolchilar finalda Ispaniyaga qarshi o‘yinda maydonga tushishlari mumkin bo‘ladi.
