Feysbuk va Tvitter Xitoy targ‘iboti bilan shug‘ullangan minglab akkauntni o‘chirdi

Feysbuk va Tvitter Xitoy targ‘iboti bilan shug‘ullangan minglab akkauntni o‘chirdi

Tvitter va Feysbuk ijtimoiy tarmoqlari Xitoyning ijtimoiy va siyosiy qarashlarini global miqyosda targ‘ib qiluvchi 2500 dan ortiq akkauntlarni o‘chirib tashladi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Tvitter Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida inson huquqlari buzilgani haqidagi ayblovlarini rad etishga xizmat qilgan 2000 dan ortiq akkauntni o‘chirgan. Ushbu akkauntlarda Shinjonda suratga olingan videolar joylashtirilgan. Videolarda tuman “obodlik va ozodlik hududi” sifatida ko‘rsatilgan.

Feysbuk esa Uilson Edvards ismli o‘ylab chiqarilgan shveysariyalik biologning xabarlarini tarqatishga yordam berganidan keyin 500 dan ortiq profilni bloklaganini ma’lum qildi. Aslida yo‘q olim AQSh Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining koronavirusning kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha harakatlariga aralashmoqda, deya ta’kidlagan, uning so‘zlarini Xitoy ommaviy axborot vositalari iqtibos sifatida tarqatgan. Shveysariyaning Pekindagi elchixonasi esa Uilson Edvards ismli kishi mavjud emasligini e’lon qildi.

Tvitter va Feysbuk Xitoyda bloklangan. Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda ushbu tarmoqlar Xitoy haqida global fikrni shakllantirish uchun muhim vositaga aylangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!